Kitob sovgʻa qilish — ezgu anʼana
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Adliya vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Sirdaryo viloyatidagi davlat xizmatlari markazlarida “Ziyo ulash” burchaklari tashkil etildi.
— Maʼrifat va kitobxonlik targʻibotiga qaratilgan ushbu loyiha “bookrossing”, yaʼni kitoblarni erkin almashish tamoyiliga asoslangan, — deydi Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi masʼul xodimi Dilnoz Umurzoqova. — Endilikda davlat xizmatlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, FHDYO organlari va “Madad” NNT byurolariga keluvchilar oʻzlariga kerakli kitoblarni olib ketishi va oʻz navbatida, ularning oʻrniga boshqa adabiyotlarni qoldirishi mumkin. Bu esa “Ziyo ulash” burchaklarining adabiyot fondi muntazam yangilanib turishini taʼminlashi bilan birga kitobxonlik va mutolaa madaniyatini ham mustahkamlaydi.
Loyihaga keng jamoatchilik, turli soha vakillari ham faol qoʻshilmoqda. Eʼtiborlisi, ushbu ezgu ishga kelin-kuyovlar ham bosh qoʻshayotir. Yaʼni FHDYO organlariga nikohni qayd etishga kelganlarning “Ziyo ulash” burchagiga kitoblar sovgʻa qilishi ibratli anʼanaga aylanmoqda.
Aytishlaricha, “Ziyo ulash” loyihasi asosida hozirgacha 3 mingdan ziyod kitoblar qabul qilindi va shundan 2 719 tasi ehtiyojmand oilalar, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring