Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalar uchun tadbirkorlarga davlat granti ajratiladi
Qonunchilikka koʻra, Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.
Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida bandligi taʼminlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million soʻmgacha davlat granti ajratiladi.
Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish, ularning bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga koʻmaklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:
— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan;
— ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan;
— xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;
— nogironligi boʻlgan mehnatga layoqatli ishsiz;
— norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, daromad topayotgan;
— odam savdosidan hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;
— umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalarini tugatgan, OTMga oʻqishga kira olmagan yoki oliy taʼlimda oʻqish uchun imkoniyati boʻlmagan ishsiz xotin-qizlar;
— muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik roʻyxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring