Xorijiy taʼlim tashkilotlarida “Oʻzbekshunoslik” kafedralari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
Иллюстратив фото
“Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib qilish orqali turistlar oqimini koʻpaytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–19-son, 12.01.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
— xorijiy davlatlarda “Oʻzbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi tashkil etiladi;
Platforma Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda oʻrgatishni nazarda tutadi.
— yurtimizning boy ilmiy, tarixiy, madaniy va maʼnaviy merosini oʻrganishga qiziqish yuqori boʻlgan xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining markazlari (markazlar) hamda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Oʻzbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
— 2024-yil 1-maydan mazkur markazlar hamda kafedralar Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar, audio va videomateriallar bilan quyidagi miqdorlarda taʼminlanadi:
— 200 ta – oʻzbek tilini oʻrganish uchun;
— 100 ta – oʻzbek adabiyotini oʻrganish uchun;
— 100 ta – Oʻzbekiston madaniyatini oʻrganish uchun;
— 100 ta – Oʻzbekiston tarixini oʻrganish uchun;
— 20 ta – madaniy meros va turizmni oʻrganish uchun.
2024-yil yakunigacha xorijdagi oʻzbek milliy madaniy markazlari va Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida oʻzbek tili kurslari tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring