Xorijda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha test sinovlari qachon oʻtkazilishi aytildi
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) boʻyicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 19-20-fevral kunlari oʻtkaziladi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar roʻyxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan “my.gov.uz” sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali roʻyxatdan oʻtishda topshirgan ariza raqami orqali aniqlash mumkin boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, talabgorlar imtihon oʻtkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Maʼlumot uchun, talabgorlar turli sabablarga koʻra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini oʻzgartirish uchun “NostrifikatsiyaBBA_bot” manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring