Xorazmlik jurnalistning oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchiga jazo tayinlandi
Arxiv surat
Bugun, 19-fevral kuni jinoyat ishlari boʻyicha Urganch shahar sudi jurnalist Davlat Nazar (Davlatnazar Roʻzmetov) oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi U.S.ga nisbatan hukm chiqardi.
Unga koʻra, sudlanuvchi 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosiga hukm qilinishi barobarida bir yarim yil avtomashina boshqarish huquqidan ham mahrum etildi.
Eslatib oʻtamiz, jurnalist Davlat Nazar 2019-yil 6-noyabr kuni soat 23:55 larda “Urganch-Xiva” yoʻlining 4-kilometrida sodir boʻlgan avtohalokat oqibatida vafot etgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring