Xorazmdagi “dom”da 13,1 milliard soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi
Hazorasp tumanidagi koʻp qavatli uyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida filial komplayens nazorat tuzilmalari, mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, tumanning “Pahlavon Mahmud” MFYda joylashgan “G. M. H.” MCHJga qarashli koʻp qavatli uy xatlovdan oʻtkazilganda, taʼminot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, loyiha-texnik hujjatlarisiz gaz tarmogʻiga ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani fosh boʻlgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisoblagan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 13 milliard 158 million soʻm zarar qayd etilgan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring