Xorazmda mehribonlik uyi qizlari zo‘rlangani bo‘yicha ishda yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi
Arxiv foto
Xorazmda mehribonlik uyi qizlari zo‘rlangani bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rish 1 oylik muddatga to‘xtatildi. Bu haqda Oliy sud jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.
Xabarda qayd qilinishicha, Toshkent shahar sudi apellyasiya instansiyasining sud majlisida prokuror sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, Jinoyat-prosessual kodeksining 416-417-moddalari tartibida sudlanuvchilarga yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun jinoyat ishi hujjatlarini ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuborish to‘g‘risida ajrim chiqarishni so‘radi.
Apellyasiya instansiya sudlov hay’ati prokuror iltimosnomasini qanoatlantirib, sudlanuvchilar A.M. va A.K.ga oid jinoyat ishi bo‘yicha ajrim qabul qilib, Xorazm viloyat prokurorining o‘rinbosariga yuborildi va jinoyat ishini ko‘rish 1 oylik muddatga to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida tarmoqlarda Xorazm viloyatida 3 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi 10 oy davomida viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan zo‘rlab kelinganini haqida xabarlar tarqalgandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudining 2022 yil 6 sentyabrdagi hukmiga ko‘ra, mehribonlik uyi mudirasiga 5 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Yosh bolalar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan ikki mas’ulga esa 1,5 yilga ozodlikni cheklash jazosi belgilangan.
Sudlangan A.M. va A.K.ga yengil jazo tayinlangani va boshqa holatlar yuzasidan 29 mart kuni Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassasiya instansiyasi sudiga protest keltirilgan. 6 aprel kuni ish Oliy sudda ko‘rib chiqilib, hukmning A.M. va A.K.ga oid qismi bekor qilingan hamda apellyasiya instansiyasida qayta ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar sudiga yuborilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring