Xorazmda kichik va oʻrta biznesni yanada qoʻllab-quvvatlash uchun imtiyozli shartlarda 100 million dollar ajratiladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.
Yurtimizda inson qadrini ulugʻlash, aholimizga munosib yashash sharoitlarini yaratish, bandlikni taʼminlash boʻyicha barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotgani taʼkidlandi.
Lekin, tobora oʻzgarib borayotgan talab va ehtiyojlar mutasaddilar va viloyat rahbariyati oldiga yangi-yangi vazifalarni qoʻymoqda.
Davlatimiz rahbari viloyatdagi zaxiralarni ishga solishning yangi imkoniyatlarini belgilab berdi. Xorazmliklar mehnatkash, intiluvchan, izlanuvchan, yangilik yaratuvchi xalqligini, ularga faqat sharoit qilib berish kerakligini taʼkidladi.
Prezident bugun muhokama qilinadigan tadbirlarga 1,1 milliard dollar va 10 trillion soʻm yoʻnaltirilayotganini taʼkidladi.
Xorazmda kichik va oʻrta biznesni yanada qoʻllab-quvvatlash uchun imtiyozli shartlarda 100 million dollar ajratilishi belgilandi. Buning hisobidan 5,5 ming tadbirkorga koʻmak berilib, 50 mingta doimiy ish oʻrni yaratiladi.
Amudaryo ustidan yangi koʻprik qurilishi koʻp yillik muammoni hal qildi. Eng muhimi, aholini 2 soat vaqti tejaladigan boʻldi, temir yoʻlda yuk tashish xarajatlari 1 ta vagon uchun 600 ming soʻmga arzonlashyapti.
Bu – tabiiy xomashyo zaxiralari kam boʻlgan Xorazm tadbirkorlari uchun yangi imkoniyat, sanoat va xizmatlar uchun esa juda katta turtki.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring