Xorazmda ham bir bemor koronavirusdan sogʻaydi

15:47 16 Aprel 2020 Jamiyat
705 0

Vazirlik

Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham bugun yana bir nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sogʻaygan 33 yoshli bemor joriy yil 22-mart kuni charter reys orqali Rossiyadan Xorazmga kelgan va karantinga olingan edi. Unda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Uning tuzalishida, shu bilan birga, boshqa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarda samarali davolash muolajalar olib borishda mazkur shifoxona tibbiyot xodimlarining birdamlikda olib borayotgan saʼy-harakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hozirga qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butkul sogʻayganlar 128 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?