Xorazmda fuqarolar tomonidan 434 million soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlandi (+video)
Xorazm viloyatida tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tezkor tadbirlar davomida Urganch tumani “Beruniy” MFY Navqiron koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro S. K. oʻz xonadonida gaz hisoblash uskunasidan tashqari yashirin tarmoq tortib, tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalangani va taʼminot korxonasiga 218 million 478 ming soʻm zarar yetkazgani fosh qilingan.
Shuningdek, ushbu mahallaning Nurli kelajak koʻchasida yashovchi fuqaro A. R. xonadonida ham xuddi shunday qoidabuzarlik fosh etilib, holat yuzasidan 216 million soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.
Bundan tashqari, Hazorasp tumani “Istiqlol” MFYda joylashgan K. X. ga tegishli xonadonda ham rezina shlang orqali gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulanib olish holati aniqlangan. Ushbu qonunbuzar fuqaroga nisbatan 50 million 562 ming soʻm jarima belgilangan.
Yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring