XX asrda Turkistonda mardikorlikka qarshi yuzaga kelgan Jizzax qoʻzgʻoloni haqida film suratga olinadi
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan “Boʻysunmas” (“Jizzax qoʻzgʻoloni”) nomli tarixiy-badiiy film suratga olinadi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur film 1916-yili Turkiston oʻlkasida yuz bergan va keyinchalik, tarixda turli nomlar bilan atalgan va turlicha talqin qilingan, aslida esa milliy ozodlik harakati darajasiga qadar koʻtarilgan mahalliy aholi vakillarini mardikorlikka olishga qarshi qoʻzgʻolon hamda uning eng fojiali qismi boʻlmish Jizzax voqealariga bagʻishlanadi. Filmda bosh qahramon Nazirxoʻja eshonning hayoti orqali oʻsha davr voqeliklari koʻrsatib beriladi.
Ssenariy mualliflari Hasan Toshxoʻjayev, Jahongir Ahmedov, postanovkachi rejissyor Jahongir Ahmedov, postanovkachi operator Rustam Murodov, liboslar boʻyicha rassom Zuhra Gʻaniyeva, postanovkachi rassom Bahriddin Shamsutdinov, rejissyor Otajon Dostonov, prodyuser Zafar Yoʻldoshev.
Film voqealari Toshkent, Jizzax viloyatlarida hamda Belarus davlatida tasvirga olinadi. Hozirda filmning suratga olish obyektlari bilan tanishish va kasting jarayonlariga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring