Xizmat avtomashinalari topshirildi

Urganchda Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Xorazm viloyati shahar hamda tumanlar kengashlariga “Neksiya” va “Matiz” rusumidagi xizmat avtomashinalari topshirildi.
— Tumanimizda 43 ta mahalla fuqarolar yig’ini bo’lib, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda uslubiy yordam ko’rsatishda kengashning alohida o’rni bor, — deydi Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Bog’ot tumani kengashi raisi birinchi o’rinbosari Erkin Ro’zmetov. — Davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig’inlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar tufayli hududlardagi muammolar bartaraf etilmoqda, huquqbuzarliklar kamayib, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi ta’minlanmoqda. Mashinalar berilishi xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlash, ayniqsa, chekka qishloqlar aholisiga amaliy yordam ko’rsatish hamda faoliyatimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishimizga xizmat qiladi.
Odilbek ODAMBOEV,
«Xalq so’zi» muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring