Xitoyga mosh eksport qiluvchi oʻzbek korxonalari soni 65 taga yetdi
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Eksportga koʻmaklashish boʻlimi maʼlumotlariga koʻra, shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasiga mosh eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining soni 10 taga koʻpayib, endilikda jami 65 ta eksportyor korxonalar mazkur davlatga mosh eksport qilishlari mumkin.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va XXR Bosh bojxona boshqarmasi oʻrtasida “Oʻzbekistondan Xitoyga mosh eksport qilish boʻyicha fitosanitariya talablari toʻgʻrisida”gi bayonnoma imzolangan boʻlib, mazkur Bayonnomaning imzolanishi oʻzbekistonlik tadbirkorlar tomonidan Xitoyga mosh eksportini yanada oshirishga yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib berdi.
Shu bilan birga, Oʻzbekistondan Xitoyga eksport qilinayotgan mahsulotlar sanitariya-gigiyena meʼyorlariga, fitosanitariya qoidalariga va Bayonnomada nazarda tutilgan talablarga toʻliq javob berishi kerak.
Maʼlumot uchun, soʻnggi ikki yilda amalga oshirilgan saʼy-harakatlar natijasida oʻzbek mosh eksportining hajmi uch baravarga koʻpayib, 2019-yildagi 28 ming tonnadan 2020-yilda 75 ming tonnagacha oshirildi. Shu bilan birga, Xitoy import qiladigan ushbu mahsulot umumiy hajmida Oʻzbekistonning ulushi 26 foizdan 36,5 foizga oshdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring