Xitoydan yangi avtobuslar olib kelindi
Foto: “Xalq soʻzi”
Qarshi shahriga Xitoyda ishlab chiqarilgan 30 dona zamonaviy yoʻlovchi tashuvchi avtobus olib kelindi.
“Sharofiddin-Nurillo” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan har biri 80 ming AQSH dollari evaziga xarid qilingan mazkur avtobuslarda 24 tadan oʻrindiq mavjud. Shahar ichidagi yoʻnalishlarda umumiy yoʻlovchi qabul qilish sigʻimi esa 60 kishini tashkil etadi.

— Bu avtobuslar zamonaviy qulayliklarga egaligi bilan boshqalaridan ajralib turadi, – deydi “Sharofiddin-Nurillo” MCHJ ish yurituvchisi Akbar Turdiyev. – Xususan, unda nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻz aravachalarida chiqishi va salon ichida erkin harakatlanishi uchun alohida joy mavjud, shuningdek, yoshi katta kishilar uchun alohida qulaylikka ega boʻlgan oʻrindiqlar oʻrnatilgan. Zamonaviy isitish-sovitish tizimlari, kuzatuv kameralari mavjud. Hatto, bir kunda avtobusga qancha odam chiqib-tushganini qayd etib boradigan alohida sensor oʻrnatilgan.

Ayni paytda avtobuslar Qarshi shahri ichidagi yoʻnalishlarda qatnay boshladi. Yaqin kunlarda yana 70 dona xuddi shu rusumdagi avtobus olib kelinishi koʻzda tutilgan.
Bungacha viloyatida 381 dona avtobus aholiga yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatayotgan edi. Endilikda ularning soni 411 taga yetdi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring