Xitoy xalq sudi sobiq qishloq xoʻjaligi vazirini oʻlim jazosiga hukm qildi
Xitoyning sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Tan Jenszyan katta miqdorda pora olganlikda aybdor deb topilib, oʻlim jazosiga hukm qilindi. Bu haqida “Xinhua” agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, 28-sentyabr kuni xalq sudi tomonidan chiqarilgan hukmga koʻra, qishloq xoʻjaligi vazirining barcha shaxsiy mulki musodara qilinadi va korrupsiya orqali erishgan daromadlari undirilib, milliy gʻaznaga oʻtkaziladi.
Sud maʼlumotlariga koʻra, 2007 va 2024-yillar oraligʻida sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Tan Jenszyan oʻzining markaziy va mahalliy darajadagi turli lavozimlaridan noqonuniy ravishda foydalanib, biznesni yuritish, loyiha shartnomasini tuzish va ishga joylashish kabi masalalarda boshqalarga yordam berib kelgan. Buning natijasida umumiy qiymati 38 million AQSH dollaridan ortiq pul va qimmatbaho buyumlar olgan.
Uning bu qonunbuzarligi sud tomonidan oʻlim jazosiga loyiq deb topilgan. Biroq sobiq vazir oʻz aybini tan olgani hamda pushaymonligi tufayli sud oʻlim jazosini ikki yillik kechiktirilgan muddat bilan tayinlagan. Agar Tan Jenszyan ushbu muddat oxirigacha boshqa jinoyatlar sodir etmasa, oʻlim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring