Xalqlar doʻstligi tarannumi
Chiroqchi tumanida 30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Oʻzbekiston – yagona Vatan!” shiori ostida maʼnaviy, madaniy tadbir oʻtkazildi.


Unda tumanda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari oʻzlarining milliy qadriyatlari, anʼana va urf-odatlari, milliy taomlari, hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmalarini namoyish etishdi. Har bir millat vakillari ishtirokida jarang sochgan kuy-qoʻshiqlar, ijro etilgan raqslar tadbirga yanada shukuh bagʻishladi.



— Oʻzbek va tatar millati vakillarining dini bir, tili, qadriyatlari juda oʻxshash, — deydi tadbir ishtirokchilaridan biri Raisa Sharafiddinova. — Shu bois oʻrtamizda hech qanday masofa sezilmaydi. Oʻzbeklar bilan ahil-inoq, qoʻni-qoʻshni, quda-anda boʻlib yashab kelyapmiz. Bugungi tadbirda ham xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlikni, milliy anʼana va urf-odatlarimizni koʻrsatib berishga harakat qildik.


Xuddi shu kabi tadbirlar viloyatning boshqa hududlarida ham boʻlib oʻtmoqda.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring