Xalqaro jarrohlik guruhi Orolboʻyida yashovchi bemorlarni bepul davolaydi

11:08 30 Aprel 2025 Jamiyat
110 0

Toshkent shahrida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova hamda sogʻliqni saqlash vaziri birinchi oʻrinbosari Davron Sultonov “Al-Amal” xalqaro jarrohlik guruhi rahbari Hishom Burizq va Kuvaytning “Shayx Abdulloh an-Nuriy” xayriya tashkiloti rahbari Abdulatif az-Zafiri bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur uchrashuvda salkam 500 nafar bemorni bepul diagnostika va davolashni oʻz ichiga olgan navbatdagi gumanitar missiyaning maqsadlari muhokama qilingan.

“Tomonlar aholining salomatligini mustahkamlash va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi tashabbusning ahamiyatini taʼkidladilar”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu insonparvarlik missiyasining Qoraqalpogʻiston uchun muhim ahamiyatga egaligi, loyiha esa nafaqat aholi salomatligini mustahkamlash, balki mamlakatlar oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Uchrashuvda tashkiliy masalalar, boʻlajak operatsiyalarni rejalashtirish, shuningdek, tibbiyot sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan.

“Uchrashuv chogʻida tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, qoʻshma tibbiy dasturlarni amalga oshirish, oʻquv tadbirlarini oʻtkazish hamda ikki davlat mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashishga qiziqish bildirdilar”, — deyiladi TIV xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер