Xalqaro sud Shoyguni hibsga olish uchun order berdi

00:03 26 Iyun 2024 Dunyo
541 0

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Federatsiyasi sobiq Mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda general Valeriy Gerasimovni harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatda aybladi. Shuningdek, ularni hibsga olish uchun order berilgan.

Sudning 25-iyun kuni eʼlon qilingan bayonotida ushbu shaxslar oʻtgan yilning 10-oktyabridan boshlab Rossiya qurolli kuchlari tomonidan Ukraina elektr infratuzilmasiga uyushtirilgan raketa zarbalari uchun maʼsul boʻlgani qayd etiladi.

Sudning maʼlum qilishicha, Rossiya zarbalari fuqarolik obyektlariga qaratilganligi haqida bir qancha asoslar toʻplangan.

Kreml tomoni esa Ukrainaning energetika infratuzilmasi qonuniy harbiy nishon ekanini aytib, tinch aholi infratuzilmasini oʻqqa tutishni rad etgan.

Sud oʻtgan yili Ukrainadagi voqealar uchun RF prezidenti Vladimir Putinni ham hisbga olish uchun order bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер