Xalqaro islom akademiyasiga kirish uchun dastlabki imtihondan oʻtish tartibi joriy etiladi

“Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga oʻqishga qabul qilish tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihondan oʻtish tartibi joriy etiladi. Bunda, dastlabki imtihon natijalariga koʻra abituriyentlarni kirish imtihonlarining keyingi bosqichlariga (kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlari) oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilinadi.
Qaror bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriatiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, Akademiyaga qabul davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi.
Akademiyaga oʻqishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
- dastlabki imtihon;
- kasbiy (ijodiy) imtihon va kirish test sinovlari.
Dastlabki imtihon har yili Akademiyaning qabul komissiyasi belgilaydigan muddatlarda oʻtkaziladi.
Imtihonni oʻtkazish jadvali imtihondan kamida 10 kun avval Akademiyaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Hujjatlarni qabul qilish, abituriyentlar bilan suhbatlashish, dastlabki imtihonni topshirish jarayoni video va audio vositalar yordamida yozib olinadi.
Dastlabki imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi. Imtihon uchun ajratilgan vaqt, shu jumladan tashkiliy qism va ishlarni topshirish vaqti 3 soatni tashkil etadi.
Dastlabki imtihonni qayta oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Imtihon oʻtkazilgandan keyin 2 kun davomida natijalari eʼlon qilinadi.
Dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlarga kirish test sinovlarini Akademiyaga oʻqishga kirish uchun belgilangan tartibda topshirishga ruxsat etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring