Xalqaro dzyudo federatsiyasi 2024-yilda oʻtkaziladigan xalqaro turnirlar roʻyxatini eʼlon qildi

10:57 07 Yanvar 2024 Sport
564 0

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2024-yilgi xalqaro musobaqalar taqvimi va ularning sanalarini tasdiqladi. Unga koʻra, mavsumni 26-28-yanvar kunlari boʻlib oʻtadigan Portugaliya (Odivelas) Gran-prisi boshlab beradi.

Shuningdek, kalendar rejadan 1-3-mart kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan “Katta Dubulgʻa” turniri hamda BAA (Abu-Dabi) da oʻtadigan jahon chempionati ham joy olgan.

Kutilganidek, bu yilgi kalendar rejada 4-yillikning eng nufuzli musobaqasi boʻlmish, “Parij-2024” Olimpiadasi ham bor.

Musobaqalar taqvimi bilan quyida batafsil tarnishing:

— 26-28-yanvar: Portugaliya (Odivelas) Gran-prisi;

— 2-4-fevral: Fransiya (Parij) “Katta Dubulgʻa” turniri;

— 16-18-fevral: Ozarbayjon (Boku) “Katta Dubulgʻa” turniri;

— 1-3-mart: Oʻzbekiston (Toshkent) “Katta Dubulgʻa” turniri;

— 8-10-mart: Avstriya (Linz) Gran-prisi;

— 22-24-mart: Gruziya (Tbilisi) “Katta Dubulgʻa” turniri;

— 29-31-mart: Turkiya (Antaliya) “Katta Dubulgʻa” turniri;

— 3-5-may: Tojikiston (Dushanbe) Gran-prisi;

— 10-12-may: Qozogʻiston (Olma-ota) “Katta Dubulgʻa” turniri;

— 19-14-may: BAA (Abu-Dabi) Kattalar jahon chempionati;

— 28-30-iyun: Moʻgʻuliston (Ulan-Bator) “Katta Dubulgʻa” turniri;

— 27-iyul – 2-avgust: Fransiya (Parij) Olimpiada oʻyinlari;

— 6-9-sentyabr: Vengriya (Budapesht) “Katta Dubulgʻa” turniri;

— 13-15-sentyabr: Xorvatiya (Zagreb) Gran-prisi;

— 25-29-sentyabr: Turkmaniston (Ashxabod) Oʻsmirlar jahon chempionati;

— 2-6-oktyabr: Turkmaniston (Ashxabod) Yoshlar jahon chempionati;

— 18-20-oktyabr: BAA (Abu-Dabi) “Katta Dubulgʻa” turniri;

Musobaqa kuni hali tasdiqlanmagan: Isroil (Tel-Aviv) “Katta Dubulgʻa” turniri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер