Xalq ta’limi vazirligining barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishdan bo‘shatildi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov dushanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xalq ta’limi vazirligi (XTV) markaziy apparati tarkibidagi barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlarini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq bergan. XTV matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Majlisda vazir Xalq ta’limi vazirligining asosiy maqsadi barkamol avlodni yetishtirish etib belgilangani, tizimda mehnat qiluvchi xodimlar ana shu maqsaddan og‘ishmasligi kerakligini alohida uqtirgan.
Shermatov ta’kidlaganidek, XTV faoliyati uch tamoyil – sifat, adolat va shaffoflikka asoslanadi.
“Mana shu maqsad va uch asosiy tamoyil bo‘yicha ishlay oladigan odamgina vazirlikda qoladi, bunga tayyor bo‘lmaganlar bilan xayrlashamiz”, - deb aytgan Xalq ta’limi vaziri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring