Xalq manfaatlari yoʻlida

13:31 19 Sentyabr 2023 Jamiyat
300 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Prezidentimiz tomonidan mutasaddi rahbarlarga hududlar kesimida yashash sharoiti ogʻir “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar biriktirilgan boʻlib, bugungi kunda ular tomonidan xonadonbay oʻrganish, sayyor qabullar tashkil etish orqali muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshligʻi Yunusjon Nasimdjanov koʻrsatma va topshiriqlari asosida joriy yilning yanvar — sentabr oylari mobaynida koʻplab islohotlar hayotga tatbiq etildi. Xususan, Toshkent shahrining 4-sektorida 156,6 ming xonadon mavjud va ularda 211,3 ming oila istiqomat qiladi, aholi soni 683,3 ming nafarni tashkil etib, ularni xatlovdan oʻtkazish ishlari natijasida 3 ta toifaga ajratib olindi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Birinchi toifaga oilaviy daromadi kam, ishsiz aʼzolari boʻlgan, oʻz ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek daromad topishga, kasb oʻrganishga harakat qilayotganlar; ikkinchi toifaga doimiy daromadga ega, qoʻshimcha daromad topish istagi bor, nogironligi boʻlgan va kasal aʼzolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj; uchinchi toifaga esa iqtisodiy ahvoli yaxshi xonadonlar kiritildi.

Shuningdek, oʻtkazilgan xatlovlarda ishlash istagini bildirgan 1 448 nafar fuqarolarning, jumladan, 447 nafari doimiy ish, 353 nafari oʻzini-oʻzi band qilish, 2 296 nafar tadbirkorlik subyektlari tashkil qilish, 648 nafarini kasb-xunarga oʻqitish va 6 nafariga subsidiya ajratilishi hisobiga bandligi taʼminlandi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Qolaversa, xatlov natijasida aniqlangan 42 900 nafar fuqarolarga hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli, Yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda 30,4 mlrd. soʻmlik, “Temir daftar”ga kiritilgan 15 355 ta oilalarning 14 170 tasiga 23,1 mlrd. soʻmlik, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 3 613 nafaridan 2 812 nafariga 5,5 mlrd. soʻmlik, “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritilgan 23 708 nafar xotin-qizlarning 21 105 nafariga 20,2 mlrd. soʻmlik amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, Toshkent shahri 4-sektorlarida 2023-yilda xonadonlarga 570 ta quyosh elektr va isitish panellarini va 41 ta ijtimoiy soha obyektlarida (23 ta maktab va 18 ta maktabgacha taʼlim muassasalarida) tejamkor isitish qozonlarini oʻrnatish rejalashtirilib olingan.

Mazkur tasdiqlangan rejaga muvofiq, joriy yil davomida 600 ta xonadonlarga quyosh elektr va isitish panellari oʻrnatildi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Bugungi kunda poytaxt aholisining 4-sektorga tegishli qismi 126 328 nafarini 14-30 yoshdagi yoshlar tashkil qiladi. Ularning ijtimoiy holati va qiziqishlari oʻrganilib, 3 ta toifaga ajratildi hamda “Ogʻir toifa”ga tushgan 2 799 nafar yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashilib, ularni hayotda oʻz oʻrinlarini topishga yordamlashish jadallashtirilmoqda.

Tadbirkorlarga qaratilayotgan eʼtibor va yaratib berilgan shart-sharoitlar tufayli Toshkent shahrida tadbirkorlar soni 130,9 mingtadan oshdi. Xususan, yuridik korxonalar 97,9 ming, YATTlar 33,0 mingdan oshdi.

12 ta tumanlarda aholini qiynab kelayotgan masalalarga alohida eʼtibor qaratgan holda 493 marotaba sayyor qabullar oʻtkazilib, ularda jami 6 691 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Murojaatlarning 6 143 tasi joyida qanoatlantirildi, 87 tasining ijrosi nazoratga olindi, 459 tasiga tushuntirishlar berildi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Toshkent shahar 4-sektor tomonidan 41 ta uylarning 14 702 kv.m qismi toʻliq taʼmirlanib, ushbu ishlarga jami 672,0 mln.soʻm, 225 ta uyning kirish yoʻlaklari (podyezd) taʼmirlanib, jami 492,7 mln. soʻm, 190 ta uyning tom qismi toʻliq taʼmirlanib, jami 1 653,4 mln. soʻm, 33 ta bolalar maydonchalari toʻliq taʼmirlanib tartibga keltirilishiga jami 1 465,9 mln. soʻm, 630 ta uylar oldidagi 5 174 p.m irrigatsiya tarmoqlarining taʼmirlanib, jami 583,5 mln.soʻm, 20 723 p.m piyodalar yoʻlkalari yangi barpo etilib, 3 411,2 mln. soʻm mablagʻ sarflandi.

11 439 tonna chiqindilar olib chiqib ketildi.

159 985 ta gul va daraxt koʻchatlari ekildi.

7 ta koʻchalarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida saylgohlar barpo etildi.

Ichki yoʻllarning jami 155 ta koʻchaning 202 km qismiga asfalt yotqizilib, jami 33,9 mlrd.soʻmlik ishlar bajarildi.

Ichimlik suvda 7 ta koʻchada 4 km ichimlik suvi tortilib 182,0 mln.soʻmlik ishlar bajarildi.

Gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida sektor hududidagi barcha mahallalarda gaz sizib chiqish holatlari aniqlanib, bartaraf etildi va 61 ta koʻchada 34 km gaz quvurlari taʼmirlanib, 392,0 mln.soʻmlik mablagʻlar jalb qilindi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 54 ta koʻchada jami 61 km yangi elektr simlari tortilib, jami 1 268,0 mln. soʻmlik ishlar bajarildi.

Albatta, poytaxtimiz boʻylab inson manfaatlari yoʻlida qilinayotgan bunday ezgu amallar ayni kunlarda ham davom etib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?