«Kelgusi besh yilda 8 ming megavattli quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurishda qariyb 6 milliard dollarlik butlovchi qism va materiallar xarid qilinadi» — Prezident
Davlatimiz rahbari huzurida 2022-yilda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda Prezidentimiz Oʻzbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish sohasidagi vazifalarni belgilab berdi:
— 2026-yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming megavattga yetkazish zarur (avvalgi rejada 8 ming megavatt quvvatni 2030-yilgacha barpo etish belgilangan edi);
— yirik sanoat korxonalari ham oʻz energiya taʼminoti boʻyicha qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratish kerak.
— kelgusi besh yilda 8 ming
— barpo etiladigan elektr stansiyalariga 1 ming nafardan ziyod muhandis va qariyb 3 ming nafar oʻrta boʻgʻin mutaxassislari talab etiladi. Shuning uchun yil yakuniga qadar Navoiyda qayta tiklanuvchi energiya sohasida kadrlar tayyorlash markazi ishga tushiriladi. Navoiy, Sirdaryodagi oʻquv markazlarida xalqaro standartlar asosida yiliga 200 nafar malakali mutaxassis tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring