“Kelajakka befarq emasman”
Farhod Esonov/“Xalq soʻzi”. Angor tumani madaniyat uyida joylashgan 137-saylov uchastkasida ham siyosiy partiyalardan qoʻyilgan nomzodlarga ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Barchasi shaffof va adolatli, yangicha tizimda oʻtkazilmoqda. Quvonarlisi, fuqarolarning saylovlarga ishtiyoq va katta umidlar bilan oshiqayotgani boʻlmoqda.
Angor tumanidagi “Saidnosirxon” fermer Xoʻjaligi rahbari, Oʻzbekiston Qahramoni Isoxon Bahromov ham saylovda ovoz berdi.
— Saylov “Mening tanlovim — obod Vatanim” shiori ostida oʻtkazilayotganida chuqur maʼno bor. Bu mamlakatimizda katta oʻzgarishlar boʻlayotganidan darak beradi. Men ham Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti, xalqimiz toʻkinligi, fermerlik harakatining yanada rivojlanishi uchun oʻzim munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdim. Nomzodlarning saylovoldi dasturlarida keltirilgan takliflar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilishiga ishonaman.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring