“Keksalar turizm oyligi”da bir qator chegirmalar joriy qilindi
Foto: “Xalq so‘zi”
Ushbu chegirmalar transport vositalari, mehmonxonalar hamda ziyoratgohlarga kirishda turli foizlarda amalga oshiriladi.
Noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan O‘zbekistonda mehmonxona va umumiy ovqatlanish maskanlaridagi xizmatlar uchun ixtiyoriy chegirmalar joriy qilindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi rasmiy saytida xabar berdi.
Oylik doirasida respublikadagi:
• 223 ta mehmonxonalar va mehmon uylari xizmatlari uchun – 50 foizgacha,
• 204 ta umumiy ovqatlanish maskanlaridagi xizmatlar uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.
Shuningdek, “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyati tomonidan noyabr oyi davomida respublika ichidagi aviaqatnovlarda 60 yoshdan yuqori erkaklar va 55 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar uchun ekonom va biznes toifalariga (LPR3M, UPR3M, SPR3M, OPR3M tashqari) joriy narxlarga 25 foiz miqdorda ixtiyoriy chegirmalar joriy qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring