Kasb-hunarga qiziqish bolalikdan boshlanadi
Guliston shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 5-6 yoshdagi bolalarda turli kasb-hunarlar boʻyicha ilk koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida turli amaliy mashgʻulotlar joriy qilindi.
— Quvonarlisi, bolalar ushbu mashgʻulotlarda katta qiziqish va ishtiyoq bilan qatnashmoqda, — deydi mazkur DMTT direktori Madina Bayzoqova. — Muhimi, bolalar tasavvurida zavqli oʻyin sifatida oʻtayotgan mazkur saboqlar kutilganidan-da ziyoda natija berayotir, oʻgʻil-qizlarda ijodkorlik va mustaqil fikrlash koʻnikmalarini ham shakllantirilmoqda. Deylik, quruvchilik mashgʻulotida uy qurish topshirigʻini har bir bola oʻz orzusi, oʻz “loyiha”si asosida bajaradi. Ayonki, bu orqali bolalarda ilk meʼmoriy ijodkorlik qobiliyati ham shakllanadi. Boshqa yana koʻplab kasb-hunarlar boʻyicha tashkil etilgan toʻgaraklarda ham ana shunday oʻyin tariqasidagi saboqlar oʻtilmoqda. Albatta, mazkur mashgʻulotlarni bolalarning yoshi va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tashkil etyapmiz.
Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasidan maʼlum qilishicha, 5-6 yoshgacha boʻlgan bogʻcha tarbiyalanuvchilarida ilk kasb-hunar koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha ayni mashgʻulotlar boshqa barcha MTTlarda ham joriy qilinadi.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring