Kasanachilik – qulay va samarali
Foto: Xalq so‘zi
Qishloq aholisi, ayniqsa, chekka hududlarda yashovchi xotin-qizlar bandligi taʼminlash, buning uchun samarali mehnat turlarini joriy qilish chora-tadbirlari oʻzining amaliy natijasini bermoqda. Xususan, Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani “Paxtazor” mahalla fuqarolar yigʻinida yigirmadan ziyod ayollar Namangan tajribasi asosida dastgohda roʻmol toʻqish orqali daromad topish imkoniga ega boʻldilar.
— Mahallamiz ayollari bilan birga Namangan borib, tabiiy jun roʻmol toʻqish sirlarini oʻrganib keldik, - deydi ushbu MFYda yashovchi Sanobar Satimova. — Endi kasanachi sifatida ishlab, pul topyapmiz. Buning uchun Angor echkisining bir kilo junini bozorlardan 265-270 ming soʻmdan xarid qilib, yuvib, yigirib, har kilosidan 8-9 donadan tabiiy jun roʻmollar toʻqiyapmiz. Roʻmollarning donasi 150 ming soʻmdan oshiqqa sotilmoqda. Bu oʻzimiz uchun ham, roʻzgʻorimiz uchun ham har taraflama naf keltirmoqda.
Tolibjon ERGASHEV,“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring