Karina Vatan ichra vatanli – uyli boʻldi
Fargʻona shahrida yashovchi Karina Burnasheva eng ulugʻ, eng aziz bayram — Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 34-yilligi arafasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan oʻzi uchun xarid qilingan yangi xonadonga koʻchib oʻtdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda agentlikning Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Abdunazar Salimov, viloyat faollari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi vakillari xonadon sohibasini uyli boʻlgani bilan samimiy qutlashdi.
— Yangi Oʻzbekistonda hech kim Prezidentimiz, davlatimiz eʼtibor va gʻamxoʻrligidan chetda qolayotgani yoʻq, — dedi Karina quvonch koʻz yoshlarini yashira olmay. — Bugun men ham ana shunday mehr va eʼtibor uchun Prezidentimizga oʻz minnatdorligimni bildiraman.

Aytish joiz, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktyabrdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori har yili yurtimizda yuzlab mehrga tashna qalb egalarining uyli boʻlishiga xizmat qilmoqda. Bu esa yangi avlod vakillarining mustaqil hayotda munosib oʻrin topishida juda ham muhimdir.
Fargʻona viloyatida joriy yilda 57 nafar yigit-qiz yuqoridagi qarorga binoan bepul uy-joy bilan taʼminlanishi koʻzda tutilgan boʻlsa, shu kunga qadar 35 ta uy xaridi bilan bogʻliq tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Botir MADIYOROV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring