Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi
Kanadada 160 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi va hududning katta qismi alanga ichida qoldi. Bu haqda CNN axborot agentligi xabar qildi.
Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.
Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.

Kanada qurolli kuchlari evakuatsiyaga yordam berish uchun chaqirilgan, shuningdek, Alberta, Britaniya Kolumbiyasi, Shahzoda Eduard orollari va Nyu-Brunsvikdan ham kuchlar jalb etilgan. Yongʻin mamlakatning markaziy va gʻarbiy hududlarini ham qamrab oldi.
Alberta provinsiyasida esa yongʻinlar neft va gaz qazib olishni toʻxtatishga hamda aholi punktlaridan birining aholisini evakuatsiya qilishga majbur qildi.
Mutaxassislar kelgusi oylar davomida yongʻinlar va tutun muammolari davom etishini taxmin qilmoqda. Hududdagi sharoitni yaxshilash uchun yomgʻir zarur ekanligi, ammo kuchli issiqlik va qurgʻoqchilik yogʻingarchilik ehtimolini pasaytirib turgani aytildi.
Taʼkidlash joiz, hozircha favqulodda holat 30 kunga eʼlon qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring