Kanada Rossiyaga dronlarni yetkazib berish ehtimoli tufayli Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

22:22 09 Avgust 2023 Dunyo
1387 0

Illyustrativ foto

Kanada Rossiyaga dronlarni yetkazib berish ehtimoli tufayli Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu Kanada tomonidan 2022-yilning oktyabr oyidan beri Eron rejimiga qarshi joriy qilingan 13-sanksiya paketi hisoblanadi.

Roʻyxatga xalqaro tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid soladigan yoki Eronda inson huquqlarining qoʻpol va muntazam ravishda buzilishini tashkil etuvchi faoliyat bilan shugʻullangan yetti kishi kiritilgan.

Sanksiyalar, shuningdek, Eron harbiylari tomonidan mintaqani beqarorlashtirish uchun foydalaniladigan yoki Ukrainaga qarshi noqonuniy urushda foydalanish uchun Rossiyaga eksport qilinadigan halokatli jangovar uchuvchisiz uchoqlarni ishlab chiqaradigan davlat firmalarining yuqori lavozimdagi shaxslarini ham nishonga oladi.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Eronda uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarilishining oldini olish uchun sanksiyalar joriy qilgandi.

Unga koʻra, uchuvchisiz uchish apparatlarini yaratish va ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi qismlarni Yevropa Ittifoqidan Eronga eksport qilish taqiqlanadi. Shuningdek, Eronning ushbu dasturini qoʻllab-quvvatlovchi va ishtirok etuvchi masʼul shaxslarga sayohat cheklovlari hamda ularning aktivlarini muzlatishni nazarda tutadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер