Kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hudud
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda oʻz-oʻzini band qilish boʻyicha yaratilgan shart-sharoitlar minglab hamyurtlarimizning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishini taʼminlamoqda. Andijon tumanidagi “Bobogʻozi” mahallasida yashovchi Mirkomil Fozilov bir oyda oʻrtacha 6-7 mln. soʻm daromad topayotganini ham bunga misol qilib keltirish mumkin.
— Mahallamizdagi xonadonlarning 85 foizi savatchilik bilan shugʻullanadi, — deydi M.Fozilov biz bilan suhbatda. — Bu bir oyda oʻrtacha ming bogʻ tol novdasini talab etadi. Shuning uchun ikki sotixdan iborat tomorqamga tol novdalarini qalamcha qilib, ularni parvarishlashga kirishdim. Bir yilda 8 mln. soʻmgacha daromad topa boshladim. Xomashyoni qayta ishlash orqali tayyor mahsulot ishlab chiqarish natijasida bundan ham koʻp daromad olish mumkinligini bilganimdan keyin savatchilarga shogird tushib, hunar oʻrgandim. Hozir xonadonimda mustaqil faoliyat olib borib, mahsulot tayyorlayapman.

“Bobogʻozi” mahallasida 500 dan ortiq xonadonlarda savatchilik bilan shugʻullanish orqali 50 million soʻmgacha daromad olish tajribasi Mirkomil singari ishsiz fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga turtki berdi. Bu esa mahallaning kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylanishiga sabab boʻlyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring