“Kamaz” O‘zbekiston harbiy qismlari uchun yuk mashinalari ishlab chiqarishni 10 barobar oshiradi

18:11 10 Avgust 2018 Iqtisodiyot
4360 0
Arxiv foto

O‘zbekiston o‘z harbiy qismlari uchun 1,1 ming dona “Kamaz” yuk mashinalariga buyurtma berdi.

Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov bilan qator qo‘shma loyihalarni muhokama qilgani haqida onlayn nashrimizda xabar bergandik. Bu borada “Kamaz” yuk mashinasi texnikalarini yetkazib berish liniyasi bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Ma’lumki, yurtimizda o‘tgan yil oxirida ushbu brend ostida transport vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandi.

“Ularni Samarqandda yig‘ishni boshlashdi, u yerda bo‘sh maydon bor edi, ilk 100 ta mashinani yig‘ishdi, harbiylar ularni ko‘rishdi, joriy yilda buyurtma soni 1100 ta mashinaga yetdi. Hozir biz MAN chiqarishni to‘xtatamiz, ushbu maydonda “Kamaz” ish boshlaydi”, - dedi Toshkent viloyat hokimi Tatariston prezidenti bilan Qozondagi uchrashuvi davomida.

O‘z navbatida hokim Toshkent viloyatida “Kamaz” yuk mashinalariga servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha markazni ochish rejalari muhokama qilingani, sababi barcha 42 ta harbiy qism Toshkent atrofida joylashganiga to‘xtalib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zavtosanoat” AJ va “Kamaz” o‘rtasidagi kelishuv RF bosh vaziri Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер