YTHda jabrlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish tartibi muhokamaga qoʻyildi
Illyustrativ foto
Sogʻliqni saqlash vazirligi “Yoʻl transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi idoralararo buyruq loyihasini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirdi.
Hujjat loyihasi bilan yoʻl-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam hodisa yuz bergan joyning oʻzida tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam (birinchi tibbiy yordam) koʻrsatish tartibi tasdiqlanmoqda.
Birlamchi shoshilinch yordamni voqea joyida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar tomonidan koʻrsatiladi. Bunda birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida turishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolardan foydalaniladi.
Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan quyidagi shaxslar kiradi:
- ichki ishlar xodimlari;
- harbiy xizmatchilar;
- Milliy gvardiya xodimlari;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari;
- avtotransport haydovchilik guvohnomalari mavjud shaxslar.
Birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatuvchi shaxs avval ushbu yordamni koʻrsatish uchun quyidagi sharoitlarni baholaydi:
- shaxsiy hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid qiluvchi omillarni aniqlash;
- yordam koʻrsatiladigan shaxs hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid qiluvchi omillarni aniqlash;
- hayot yoki sogʻliqqa tahdid qiluvchi omillarni bartaraf etish;
- jabrlangan shaxslar sonini aniqlash;
- jabrlangan shaxs(lar)ni sogʻliq va hayotga xavfsiz joyga koʻchirish.
Birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatuvchi shaxs(lar) tez tibbiy yordam xizmatiga aloqaga chiqib, jabrlangan shaxs(lar)ning familiyasi, ismi, yoshi, jinsi, jabrlanish holati, joylashgan manzili va kontakt telefoni maʼlumotlarini taqdim etadi. Tez tibbiy yordam xizmati yetib kelishi uzoq vaqt talab etiladigan joylarda yaqinroq tibbiyot muassasasiga yoki tashkil yetilgan tibbiyot punktiga yetkazish choralari koʻriladi.
Istisno tariqasida, umurtqa pogʻonasi jarohatlanish belgilari boʻlsa, tez tibbiy yordam kelguniga qadar tekis va qattiq yerga yotqizib qoʻyiladi. Shu yerning oʻzida birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yurak xuruji va insultdan saqlanish uchun isteʼmol qilish kerak boʻlgan mahsulotlar qaysi? Yangi tadqiqot hammasini fosh qildi
- “ChatGPT”dan moliyaviy maslahat olishdan oldin “yetti oʻlchab, bir kesing”
- Oʻzbekiston tibbiyoti tarixida birinchi marta oʻta murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi
- 2024-yilning eng yaxshi smartfonlari nomi e’lon qilindi
- 2024-yilning eng qimmat avtoraqami maʼlum boʻldi
- “Milliy sport mukofot-2024” taqdirlash marosimidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring