Yoʻlovchi tashishning ham oʻz qonun-qoidalari bor

10:38 03 Mart 2020 Jamiyat
1338 0

Kundalik ish faoliyatimiz yoki boshqa yumushlarimiz tufayli tez-tez yoʻlovchi tashuvchi transporti xizmatlaridan foydalanishimizga toʻgʻri keladi. Ogʻirimizni yengil qilib, manzilimizga tez eltib qoʻyuvchi mazkur yoʻnalishda xizmat koʻrsatuvchi korxonalarning borligi yaxshi, albatta, lekin ular tomonidan xizmat haqi (yoʻl kira)ni belgilashda oʻzboshimchaliklarga yoʻl qoʻyilsachi?

Fargʻona viloyati Toshloq tumanida yashovchi T. Abdullayevaning Toshloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaati ana shu masalada boʻldi. Murojaatda keltirilishicha, “Toshloq-Qumariq” yoʻnalishida yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatayotgan bir guruh “Damas” haydovchilari yoʻnalish boʻylab yoʻl-yoʻlakay chiqib, bir-ikki bekat yurilgach tushib qolayotgan yoʻlovchilardan ham oxirgi bekatgacha belgilangan yoʻl kira haqini olinishi boʻyicha talab qoʻyayotgan yekan. Isteʼmolchi bu borada oʻzi kabi koʻplab hamqishloqlari ham norozi boʻlayotganini taʼkidlab, jamiyatimizdan koʻmak soʻragan.

Murojaat yuzasidan tuman markazidagi avtoshohbekatda oʻrganish oʻtkazilib, unga soha mutaxassislari ham jalb qilindi. Oʻrganish natijalariga koʻra, tuman markazidan mazkur yoʻnalishning oxirgi bekatigacha boʻlgan masofa 20 km yaqinni tashkil yetib, amaldagi tartib-qoidalarga asosan 3000 soʻm atrofida yoʻl kira belgilanishi, yoʻlda chiqib-tushuvchilardan esa, har bir kilometri uchun 130 soʻmdan haq olinishi, shunda bir-ikki bekat yurib tushib qolgan yoʻlovchidan qatʼiy 500 soʻmdan haq olinishi amaldagi tartib-qoidalar talabalariga mos kelishi qayd qilindi. Yoʻnalish haydovchilariga har bir yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz ish faoliyatini amaldagi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunlar va qonunosti meʼyoriy-hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishi lozimligi tushuntirildi.

Isteʼmolchining qonuniy talabi qondirilib, yoʻl kira haqlarini olinishida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilinishi yoʻlga qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?