Yiliga kamida 5-6 mln tonna qogʻoz sarflanar edi — Vazirlik “E-qaror"ning imkoniyatlari haqida
Ijtimoiy tarmoqlarda “E-qaror” elektron tizimi imkoniyatlari va unda eʼlon qilingan qarorlar boʻyicha turli fikrlar bildirilmoqda.
Adliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, E-qaror elektron tizimi – bu hokimlarni qarorlarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish va eʼlon qilinishini 24/7 rejimida va Internet tarmogʻi mavjud boʻlgan dunyoning istagan nuqtasidan foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron dastur hisoblanadi.
Bu dasturda foydalanishni qachon amalga oshirishni har bir loyiha tayyorlovchi va imzo qoʻyuvchi rahbar hamda xodimlar oʻzi hal etadi.
Shu bilan birga hokimlikning masʼul xodimlari tomonidan dastur orqali qaror yoki farmoyish loyihasi juma kuni tayyorlanib hokimga imzoga kiritilgan boʻlsa, qaror loyihasini hokim yakshanba kuni ish joyidan tashqari holda (masalan uyda oʻtirib) oʻzining planshet yoki boshqa kompyuter texnikasidan foydalangan holda imzolash imkoniyati mavjud. Bunday holatlarda hech kim yakshanba kuni ishga chiqmaydi.
«Hozirda respublikamizning barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida “E-qaror” elektron tizimi ulangan boʻlib, ushbu tizim orqali yagona makonda 2021-yil 23-iyul holatiga jami 16 mingdan ortiq qaror va farmoyishlar qabul qilinishi taʼminlandi.
“E-qaror” elektron tizimi orqali hokim qarorlari birorta qogʻoz ishlatilmasdan elektron tarzda qabul qilinadigan boʻldi. Bir yilda respublika boʻyicha taxminan 600-700 mingga yaqin turli mazmundagi hokim qarorlari qabul qilinadi, bu yiliga kamida oʻrtacha hisobda 5-6 mln tonna qogʻoz sarf qilinadi deganidir», deydi hokimlik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring