Istiqlol kuychilari munosib taqdirlandi

15:43 25 Avgust 2025 Jamiyat
110 0

Andijonda mamlakatimiz mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi munosabati bilan anʼanaviy “Eng ulugʻ, eng aziz!” tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda gʻolib va sovrindor ijodkorlar tantanali ravishda taqdirlandi.

— Tanlovga taqdim etilgan 400 dan ziyod asarlarda istiqlol gʻoyalari, xalqimiz maʼnaviyati va ongidagi oʻzgarishlar oʻziga xos talqin qilinganini alohida taʼkidlash joiz, — deydi Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Maxpuraxon Artiqova. — Namoyish etilgan ijodiy ishlar mazmun jihatidan boyligi, rang-barangligi bilan ajralib turdi.

Ana shunday maʼnaviy-maʼrifiy ruhda oʻtgan tanlovda andijonlik ijodkorlar mustaqillik xalqimiz uchun ulugʻ neʼmat ekanini, istiqlol yillarida yurtimizda, xususan, Andijonda qoʻlga kiritilgan ulkan yutuqlarni, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini oʻz asarlari orqali ifoda etdi.

Saminjon HUSANOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер