Isteʼdodlar katta sahnada...
Navoiy viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Navoiy shahridagi sunʼiy koʻl boʻyida joylashgan bayram pavilyonida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida madaniy tadbir oʻtkazildi.
Unda “Turon maktab teatri” va “Iqtidor maktab ansambli” tanlovlarining tuman (shahar), hududiy hamda respublika bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab jamoalari oʻzlarining eng sara badiiy chiqishlarini namoyish etishdi.
Iqtidorli oʻquvchilarning kuy-qoʻshiqlari, sahna koʻrinishlari va teatrlashtirilgan kompozitsiyalari bayramga yigʻilganlarga katta zavq va koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir doirasida yoshlarga eʼtibor, ularning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash kabi yuksak qadriyatlar namoyon boʻldi.
Temur ESHBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring