“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2024-yildagi faoliyati yakunlarining dastlabki maʼlumotlarini eʼlon qildi
2024-yil yakuniga koʻra “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi issiqlik elektr stansiyalari tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi ortigʻi bilan bajarildi.
Jumladan, oʻtgan yili tizim korxonalari tomonidan reja boʻyicha 29,1 milliard kVt.soat elektr energiyasi oʻrniga, amalda 31,9 milliard kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bunda ishlab chiqarish koʻrsatkichlari 110 foizga bajarilishiga erishildi.
Shuningdek, 2024-yilda korxonalar tomonidan 11,1 million Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, tarmoqqa uzatildi.
2024-yil yakuniga koʻra yoqilgʻini iqtisod qilish boʻyicha rejadagi
700,5 million kubmetr tabiiy gaz oʻrnida, amalda 1 mlrd. kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilindi yoki reja koʻrsatkichi 147,9 foizga bajarildi.
Elektr energiyasi iqtisodi boʻyicha rejadagi 117,8 million kVt.soat oʻrniga, amalda 163,5 million kVt.soat elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishildi yoki reja koʻrsatkichi 138,8 foizga bajarildi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 26 ta loyiha asosida qiymati 58,9 milliard soʻm boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan boʻlib, amalda ushbu koʻrsatkich 61,3 milliard soʻmga yoki 104,0 foizga bajarilishi taʼminlandi.
Kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish boʻyicha 200,0 milliard soʻm boʻlgan koʻrsatiladigan xizmatlar va mahsulotlar xaridini amalga oshirish rejalashtirilgan edi, yil yakuni bilan ushbu koʻrsatkich 209,4 milliard soʻmga yoki 104,7 foizga bajarildi.
Mahalliylashtirish dasturi hamda kooperatsiya aloqalari hisobiga importni qisqartirish koʻrsatkichi 20,1 million AQSH dollari qiymatida prognoz qilingan boʻlib, amalda 21,0 million AQSH dollari iqtisod qilindi yoki reja 104,2 foizga bajarilishi taʼminlandi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2024-yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiya loyihalari doirasida reja boʻyicha 616,94 million AQSH dollari oʻzlashtirilishi lozim edi. Amalda 646,14 million AQSH dollari oʻzlashtirilishi taʼminlandi. Bunda ishlab chiqarish koʻrsatkichlari 104,7 foizga bajarilishiga erishildi.
2024-yil may oyida “Toshkent IEMda quvvati 32 MVtga teng boʻlgan 2 ta gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi ishga tushirildi.
Shu bilan birga, 2024-yil 13-dekabrda “Toshkent shahrining issiqlik taʼminoti soʻnggi nuqtalarida joylashgan 6 mahallalarida kogeneratsiya loyihalarini amalga oshirish” investitsiya loyihasi doirasida Olmazor tumanida kogeneratsiya loyihasi muvaffaqiyatli ishga tushirildi.
Ayni paytda Tolimarjon IESda umumiy quvvati 1065 MVT va Navoiy IES da umumiy quvvati 650 MVt boʻlgan zamonaviy bugʻ gaz qurilmalari bunyod etish ishlari davom ettirilmoqda.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ oldida turgan muhim vazifalardan biri — bu mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanadi, shu maqsadda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2024-yilda mahsulot tannarxi 1,6 trillion soʻmga pasaytirish rejalashtirilgan edi, amalda esa 1,95 trillion soʻmga pasaytirildi, bunda reja 118 foizga bajarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring