Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan

Isroil Gʻazo shahridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Bildirilishicha, Isroilning “Al-Ahli” kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida “Palestine Today” nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.
“Al Jazeera” nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.
Shuningdek, tongdan buyon Isroilning Gʻazoga qilgan hujumlar oqibatida kamida 23 nafar falastinlik halok boʻlgan, yana oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga joylashtirilgan.
Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish hamda hududga insonparvarlik yordamlarini zudlik bilan kiritishni talab qiluvchi rezolyutsiyani ovozga qoʻymoqchiligi haqida xabar bergan edik. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, AQSH hukumati mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishiga qarshi veto eʼlon qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Isroil harbiylarining falastinlik jurnalistlarni muntazam nishonga olishi oqibatida joriy yilning may oyi yakuniga qadar 220 nafar jurnalist halok boʻlgan edi.
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qarshi urushi davomida kamida 54 ming 607 nafar falastinlik halok boʻlgan. 125 ming 341 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring