Isroil Madrimov oʻtkir bronxitga chalindi
Super yarim oʻrta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovning Ukraina vakili Sergey Bogachukka qarshi jangi bekor qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 29 yoshli oʻzbekistonlik bokschining betobligi, yaʼni oʻtkir bronxit boʻlgani sababli 21-dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz shahrida rejalashtirilgan jangi bekor qilingan.
Saudiya Arabistoni koʻngilochar boshqarmasi rahbari Turki al ash-Shayxning taʼkidlashicha, Madrimovning oʻrnini britaniyalik bokschi Ishmael Salas egallaydi. “The Dream” esa endi 22-fevral kuni WBC vaqtinchalik chempioni Verjil Ortisga qarshi kechadigan jangga tayyorgarlik koʻradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring