Ispaniyada toshqin qurbonlari soni 223 kishiga yetdi, 78 kishi bedarak yo‘qolgan
Ispaniyada suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 223 kishiga yetdi, bedarak yo‘qolganlar soni 78 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Ispaniya transport vaziri Oskar Puente ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
O'lim holatlarining katta qismi mamlakat sharqidagi Valensiya avtonom jamiyatida - 215, Kastiliya-La-Manchada - 7 ta, Andalusiyada - 1 ta holat sodir bo'lgan. 48 kishining halok bo'lgani haqida rasman tasdiqlanmagan.
Ma'lumot uchun, 29-oktabr kuni kuchli yog‘ingarchilik Ispaniyaning turli hududlarida suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Ayniqsa, mamlakatning janubiy va sharqiy viloyatlari jabr ko‘rdi. Katta suv toshqini 4100 gektar yer va 3906 ta bino, shuningdek, 60 mingdan ortiq aholi, 15,2 km temir yoʻl va 531,6 km avtomobil yoʻllariga zarar yetkazdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring