Islombek Ismoilovning yangi jamoasi maʼlum
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Islom Ismoilovning yangi jamoasi maʼlum boʻldi. Endi u Oʻzbekistonning amaldagi chempioni Fargʻonaning “Neftchi“ klubiga ustozlik qiladi. Bu haqida “Neftchi“ klubi matbuot xizmati xabar berdi.
“Fargʻona viloyatining sharafli oʻgʻloni, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasini Osiyo chempionligiga yetaklagan va Jahon chempionati nimchorak finaliga olib chiqqan murabbiy — Islombek Ismoilov “Neftchi” PFKning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Margʻilon shahrida tugʻilgan Islombek Ismoilov yosh boʻlishiga qaramay, milliy futbolimizda sezilarli natijalarga erishib, murabbiylik sohasida eng istiqbolli kadrlardan biri sifatida tanilgan. U boshqargan U-17 terma jamoasi zamonaviy oʻyin uslubi, intizom va xarakter bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi“, deyiladi klub matbuot xizmati xabarda.
Maʼlumot uchun, Islombek Ismoilov shu vaqtga qadar Oʻzbekiston U17 terma jamoasiga ustozlik qilgan va jamoasi bilan 2025-yil boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida gʻolib boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring