Islom sivilizatsiyasi markazida “Shermuhammad Munis” medialoyihasi namoyish etiladi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi o‘z ekspozitsiyasini boyitish va milliy ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etish maqsadida yangi medialoyiha ustida ish olib bormoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Shermuhammad Munis ilmiy-adabiy merosi” deb nomlangan ushbu loyiha yurtimiz tarixida muhim o‘rin tutgan allomaning boy ilmiy va adabiy faoliyatini yanada chuqurroq ochib berishga qaratilgan.
Loyiha O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti boshchiligida amalga oshiriladi. Unda tarixchi, shoir va tarjimon Shermuhammad Munisning asarlari — “Devoni Munis”, “Firdavsul iqbol”, “Munisul ushshoq” va boshqa tarixiy hamda ilmiy manbalar atroflicha tahlil qilinadi.
Tadqiqotlar asosida turli ilmiy ishlanmalar, multimedia kontentlar va interaktiv vizual materiallar tayyorlanadi. Shuningdek, ushbu yangiliklar Islom sivilizatsiyasi markazi muzey zalida taqdim etiladi.
Medialoyiha Shermuhammad Munisning ma’naviy-adabiy merosini keng ommaga tanitish bilan birga, Xorazm sivilizatsiyasining ilm-fan va adabiyotdagi o‘rni haqida chuqur tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring