Ishsiz yoshlarga “Labo” avtomashinalari topshirildi
Samarqand viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida Samarqand viloyatida ishsiz yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi loyiha doirasida 50 nafar samarqandlik yoshlarga “Labo” rusumidagi avtomashinalar topshirildi.

Loyihadan maqsad ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning oʻzini oʻzi band qilishiga sharoit yaratish va daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashishdan iborat.

- Pedagogika kollejini tamomlaganman. Ammo ishsiz edim, - deydi Jomboy tumani Naymantepa mahallasida yashovchi Mohira Safarova. - 2021-yilda “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olganman. Ushbu loyiha doirasida boshlangʻich toʻlovsiz, 7-yil muddatga, yillik 18 foizli kredit asosida “Labo” avtomobilini oldim. Avtomobilning umumiy qiymati 96 million soʻmni tashkil etadi. Asosan yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanishni rejalashtirganman. Bu orqali oʻz mehnatim bilan daromad topib, oilamga va jamiyatga foyda keltirmoqchiman. Biz, yoshlar uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar katta ragʻbat boʻlyapti.

Mazkur loyiha ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash, ularni mehnatga undash va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mohira Safarova kabi tashabbuskor yoshlar bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, oʻz kelajagini mustaqil ravishda barpo etmoqda. Bunday amaliy yordamlar yoshlarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring