Isʼhoqxon Ibratning izdoshi

Til bilish insonni dunyoga olib chiqadi. Mamlakatimizda yoshlarga xorijiy tillarni oʻrgatishda zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan keng foydalanib, yuqori natijalarga erishilmoqda.
Ushbu jarayonda fidoyi ustozlarning mehnati alohida oʻrin tutadi. Shunday pedagoglardan biri – Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Isʼhoqxon Ibrat nomli ijod maktabi oʻqituvchisi Dilafruz Isoqovaning faoliyati ham eʼtiborga molik. U yetti yildan buyon yoshlarga nemis tili fanidan saboq berib kelmoqda.
Pedagog faoliyati davomida ikki marotaba Germaniyada malaka oshirgan, besh bor xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etgan. Oʻtkazilgan tajriba almashuvlari uning kasbiy salohiyatini oshirish bilan birga, dars jarayoniga yangicha yondashuvlarni olib kirish imkonini berayotir. Oʻquvchilarning yutuqlari bunga yorqin misoldir. Xususan, Dilafruz rahbarligida 8 nafar oʻquvchi Germaniyada taʼlim sayohatida boʻlgan, 40 nafardan ortigʻi esa fan olimpiadalarining viloyat bosqichida yuqori natijalarga erishgan. Toʻrt nafar shogirdi hozirda Germaniyadagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olmoqda.
— Hamyurtimiz Junaydulla Isʼhoqxon oʻgʻli Ibrat millat maʼrifati yoʻlida jonini qurbon qilgan inson edi. Oʻz davrida yetti tilni bilgan jadid bobomiz mahalliy aholi savodxonligi yoʻlida katta ishlarni amalga oshirgan, — deydi D. Isoqova. — Oradan bir asrdan koʻproq vaqt oʻtib, uning orzu-maqsadlari toʻla roʻyobini topyapti. Ijod maktabimiz oʻquvchilari bobomiz bemalol gapirgan yetti tilni sabot bilan oʻzlashtirishmoqda.
Tajribali oʻqituvchi til oʻrgatishda asosiy mashgʻulotlardan tashqari soʻzlash salohiyatini oshiruvchi amaliy vositalarni keng qoʻllaydi. Uning tashabbusi bilan ijod maktabida “Alles Theater” nomli teatr toʻgaragi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ayni paytda 150 nafar oʻgʻil-qiz shugʻullanmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring