Ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi qoplab beriladi
Hukumat qarori bilan Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, ish beruvchilar tomonidan toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ularning yosh xodimlari quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi soʻralayotgan hisobot oyida yosh xodim 25 yoshdan oshmagan boʻlishi;
uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (elektron qayd) mavjudligi.
Ish beruvchi tomonidan ariza u soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatda turgan soliq organiga ijtimoiy soliq hisoboti taqdim etilganidan keyin 3 oydan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ariza kelib tushgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida arizaning talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi oʻrganiladi.
Toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, avtomatlashtirilgan dasturda 1 ish kunida soliq organining xulosasi shakllantiriladi.
Mazkur nizom 2021-yil 1-maydan 2023-yil 15-yanvargacha toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berishga nisbatan tatbiq etiladi.
Bunda 2022-yil dekabr oyi uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati 2023-yil 1-aprel kuni etib belgilanadi.
Mazkur tartib byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
Nizom 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring