Iqtisodiyot sohasida ishlayotgan xodimlar suhbat asosida oliy taʼlimga qabul qilinadi

11:48 08 Noyabr 2021 Iqtisodiyot
1793 0

Hukumat qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari roʻyxati har yili 1-iyulgacha tasdiqlanib, OAVda eʼlon qilinadi.

Tegishli tavsiyanomaga ega fuqarolar har yili 20-iyuldan 10-avgustgacha Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Suhbat jarayoni har yili 20-avgustdan 30-avgustgacha boʻlgan muddatda tashkil etiladi.

Natijalarga koʻra 100 ballik baholash mezonida 55 ball va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar OTM rektori (direktori) buyrugʻi bilan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mazkur tartib 2022-yil 1-maydan kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?