Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tugatiladi
Illyustrativ foto
“Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni [PF-15-son, 30.01.2025-y.] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida maʻlum qilindi.
Farmonga koʻra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tugatila hamda uning vazifa va funksiyalari quyidagi qoʻmita va vazirliklarga oʻtkaziladi:
- yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga;
- pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari – Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga;
- Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – Veterinariya qoʻmitasi tizimiga;
- Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimiga.
Farmon bilan, shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:
- ️Veterinariya qoʻmitasi muassisligida Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xoʻjaliklari (hududiy yaylov xoʻjaliklari);
- Veterinariya qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish boshqarmasi;
- Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish, qorakoʻlchilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi.
Hududiy yaylov xoʻjaliklari yaylov yerlarini boshqarish va ulardan foydalanish, oʻzlariga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yaylovlarni ijaraga berish sohasida oʻrmon xoʻjaliklari uchun belgilangan huquq va majburiyatlardan foydalanadi.
️Hujjatga koʻra, yaylovlar chorvachilik va boshqa xoʻjaliklarga respublika komissiyasining qaroriga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilishi mumkin. Yaylovlar 49-yilgacha ijaraga berilishi belgilangan.
Shu bilan birga, 2025-yil 1-dekabrgacha yaylovlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi E-yaylov elektron platformasi ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring