“Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi yana ikkita kinofestivalda gʻolib boʻldi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi ikkita xalqaro kinofestivalda gʻolib boʻldi.
Jumladan, Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan “Eurasian film festival”da “Eng yaxshi Yevrosiyo qisqa metrajli filmi” nominatsiyasida hamda Rossiyaning Kavkaz shahrida oʻtkazilgan “Kinokavkaz” kinofestivalida “Hayʼatning maxsus sovrini” bilan taqdirlandi.
Filmning ssenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroyev.
Shu bilan birga, “Ipak yoʻlida” filmi Qirgʻizistonda oʻtkaziladigan “UMUT” hamda Italiyadagi “LIFE AFTER OIL International Film Festival”da ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring