Interpol qidiruvida boʻlgan oʻzbekistonlik fuqaro Koreyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi
Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlari hamkorligida olib borgan harakatlar tufayli xalqaro qidiruvda boʻlgan jinoyatchini deportatsiya qilish masalasi hal etildi.
Ikki davlatning oʻzaro axborot almashinuvi va hamkorlikdagi tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, shuningdek, Oʻzbekistonning Janubiy Koreyada akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik missiya xodimlarining bevosita koʻmagida hamda Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlarining uchrashuvlar chogʻidagi avvalgi kelishuvlari asosida ekstremistik mavzudagi materiallarni tarqatishda ayblanayotgan xalqaro darajadagi qidiruvda boʻlgan jinoyatchini topshirish tadbiri amalga oshirildi.
Qidiruvdagi shaxs chet el davlatining telefon raqamidan foydalanib, yangi profil yaratgan, turli ijtimoiy tarmoqlar orqali Oʻzbekistonda taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkilotlar, gʻoyalar va audiomateriallarni tarqatgan.
Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari hamda Interpolning Toshkent va Seuldagi MMBlari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida jinoyatchi Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun chiqarib yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring